+998 (71) 207-03-07
O'rnashuvchi texnika ijobiy va salbiy tomonlari

10/16/2020

Hozirda o‘rnatiladigan texnika mashhurlikning eng yuqori cho‘qqisidadir. U hayotni yengillashtirib oshxonadagi joyni kattalashtiradi, shuning uchun ham aynan bunday texnika ko‘pchilikning tanlovidir. Bu maqolada ushbu texnikaning barcha  afzalliklari va kamchiliklari to‘g‘risida sizga gapirib bermoqchimiz.

Afzalliklari:

Uslub va lokanizm

O‘rnatiladigan maishiy texnika tufayli oshxonangiz yuqori darajadagi jozibadorlik bilan mukammal ravishda to'ldiriladi. Yana bir yaxshi tomoni shundaki, ushbu turdagi uskunalar umuman ko'rinmas bo'lishi ham mumkin.

 

Xususiyatlari

O‘rnatiladigan maishiy texnika haddan tashqari qizib ketishdan himoyalangan va ishonchli ventilyatsiya tizimiga ega. Shu sababli ushbu texnika ko'proq vaqt xizmat ko`rsatadi, shuningdek mebelingizni deformatsiyalanishdan himoya qiladi.

 

Qulayligi

O‘rnatiladigan maishiy texnika joyni tejashga imkon yaratadi, shu tufayli ham u kichik oshxona egalari uchun aktual tanlovdir.

 

Tozalashning osonligi

Uskuna o'rnatilgach oshxonani tozalash uchun sarflanadigan vaqt ancha kamayadi. Yog' va iflosliklar kirishi mumkin bo'lgan uskunalar orasidagi bo'shliqlar muammosi bartaraf etiladi. 

 

Katta assortiment

O‘rnatiladigan texnika nafaqat sovutgich kabi katta hajmdagi buyumlar, balki juda kichik texnikalar ham bo'lishi mumkin – misol uchun, kofe qaynatgich yoki mikroto'lqinli pech.

 

Kamchiliklari

Ta'mirlash ishlarining qiyinligi

O‘rnatiladigan maishiy texnika, boshqa har qanday qurilmalar singari ishdan chiqishi mumkin, shunda uning o'rnini bosadigan texnikani topish qiyin va qimmat jarayondir. Shu tufayli ham siz oldindan yuqori sifatli uskunalarni tanlashingiz va uni avaylab ishlatishingiz kerak va bu holda siz ta'mirga muhtoj bo'lmaysiz.

 

Buyurtmaning o‘ziga xos xususiyati

Nima uchun noyoblik kamchilikka kiradi? Har bir narsaning noyobligi  afzallik deb hisoblanadi, ammo o'rnatilgan maishiy texnika uchun bu ikki qirrali qilichdir. Siz betakror oshxona yaratishingiz mumkin, ammo bir kun kelib siz sovutgichning joyini o'zgartirishni xohlab qolasiz. Afsuski, siz buni bajara olmaysiz, chunki oshxona dizayni individual tarzda yaratilgan.

 

Natija sizni faqat quvontirishi uchun maishiy texnika o‘rnatiladigan benuqson oshxonani tanlayotganda, uning ijobiy va salbiy tomonlarini o‘ylab ko‘ring.

Beko, Haier  va boshqa savdo belgilarining o‘rnatiladigan maishiy texnikalarini GOODZONE do‘konlaridan xarid qilishingiz yoki uyga yetkazib berish xizmati bilan ularga buyurtma berishingiz mumkin.